
Samarqandda «Lada 2115» dvigatel bo‘linmasidagi qisqa tutashuv tufayli yonib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 23 dekabr kuni soat 18:10 da sodir bo‘lgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelib, yong‘inni o‘chirishgan. Qurbonlar yo‘q.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilarga avtomobilning texnik holatiga e’tibor qaratishlarini so‘radi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar