18:51 / 24.12.2021
1 463

Andijonda «Hizb ut-Tahrir»ga a’zoligi uchun jazoni o‘tab chiqqan 12 kishi yana qo‘lga olindi

Andijonda «Hizb ut-Tahrir»ga a’zoligi uchun jazoni o‘tab chiqqan 12 kishi yana qo‘lga olindi
Andijon viloyatida 22 dekabr kuni «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdorlarining faoliyatiga chek qo‘yildi.

Mavjud tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, muqaddam «Hizb ut-Tahrir» safida faoliyat olib borganligi uchun uzoq yillar jazo muddatini o‘tab chiqqan A.A. (1968 yilda tug‘ilgan) jinoiy faoliyatini tiklab, 11 nafar sobiq g‘oyadoshlarini o‘zining noqonuniy harakatlariga jalb qilgan.

Ushbu shaxslarning barchasi muqaddam «Hizb ut-Tahrir» tashkilotiga a’zo bo‘lgani uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan. Ular hukumat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy ko‘makka qaramasdan, jinoiy til biriktirib, aholi orasida hamda internet orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilish va shu yo‘l bilan saflarini kengaytirishga qaratilgan noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan.

Hibsga olingan shaxslarda ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda rasmiylashtirib, olib qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda ham sentabr oyida «Hizb ut-Tahrir»ga a’zoligi uchun jazoni o‘tab chiqqan 10 kishi yana shu tashkilotga a’zo bo‘lgani uchun qo‘lga olingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda «Hizb ut-Tahrir»ga a’zoligi uchun jazoni o‘tab chiqqan 12 kishi yana qo‘lga olindi