
Joriy yilning 26 dekabr kuni soat 04:00 larda, Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1079 kilometrida «MAN» rusumli yuk mashinasida yong‘in chiqdi.
Qayd etilishicha, «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan ushbu avtomobilning yukxonasidagi muzlatgichda qisqa tutashuv sodir bo‘lgan va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan. Ushbu yong‘in transport vositasining kabina qismiga ham ta’sir etgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Ushbu holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
SamarqandMAN Yuk MashinasiYong'in VoqeasiToshkent SamarqandAvtomobil Yo'liQisqa Tutashuv O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar