
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tumanida «ko‘cha soliqchilari» yo‘lni to‘sib olib, janjal qilayotgani aytilgan videolavha tarqaldi. Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 24 dekabr kuni soat 01:30 atrofida 20—33 yosh atrofidagi uch nafar shaxs Chimkent yo‘li ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘koniga xarid uchun kirgan. U yerda «Sergeli» mahallasida yashovchi 25—31 yosh orasidagi uch nafar shaxs bilan o‘zaro navbat talashib, janjallashib qilgan.
Do‘kondan chiqqach, ular aholi tinchligini buzib, yo‘lning qatnov qismida bir-birlarining avtotransport vositalarini siqib to‘xtatib, janjalda davom etgan. Janjal vaqtida ikki haydovchidan boshqa shaxslar mastlik holatida bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, janjalda ishtirok etgan olti nafar shaxs ushlangan. Hozirda qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar