17:50 / 27.12.2021
1 245

Toshkent aeroporti «xira kirakashlar»ga qarshi qanday kurashmoqchi?

Toshkent aeroporti «xira kirakashlar»ga qarshi qanday kurashmoqchi?
Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva Toshkent aeroporti anchadan buyon poytaxt havo bandargohining salbiy ramzlaridan biriga aylanib qolgan «xira kirakashlar» bilan qanday kurashish niyatida ekani haqida gapirdi, deb xabar beradi «Podrobno».

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonunni yerni topshirishning aniq qoidalarini amalga oshirishga moslashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. U yaqin vaqtlar ichida kuchga kirishi kerak.

Qayd etilishicha, maydonlarning yetishmasligi qo‘shimcha xizmatlar — do‘konlar, dorixona va kafelar ochish imkonini bermaydi. Yer masalasiga, shuningdek, aeroport hududidagi «xira kirakash»ning muammosi ham qo‘shilmoqda: vokzal oldidagi maydonlarning kompaniyaga tegishli emasligi hozircha taksi haydovchilari va yo‘lovchilar uchun infratuzilmaga sarmoya kiritish imkonini bermaydi.

«Ushbu muammo juda mashhur. Bu haqida bilamiz, Transport vazirligi bilan unga qarshi kurashyapmiz. U boshqa ko‘plab muammolar bilan ham bog‘liq. Kun-u tun ishlaydigan jamoat transporti yo‘q. Shuningdek, biz yozda taksi xizmatlarini ko‘rsatuvchilar uchun tender e’lon qilgandik, qoidalarimizga rioya qiladigan va yo‘lovchilarni olib ketadigan akkreditatsiyadan o‘tgan kompaniyalar kelish uchun ruxsat bermoqchi edi. Mazkur tenderga hech kim kelmadi», — deydi Ra’no Jo‘rayeva.

Ta’kidlanishicha, ushbu masala hal etiladi, xususan, taksi xizmatlariga buyurtma berish va to‘lovni amalga oshirish uchun «stoyka» o‘rnatish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Uzbekistan Airports rahbari Toshkent aeroporti oldida turli narxlardagi avtotutargohni tashkil etish rejalashtirilganini ma’lum qilgan. Jumladan, yo‘lovchilar o‘z avtomobillarini uzoq muddatga qoldirib ketishi mumkin.

«Bu boradagi ishlarni iyulda boshlaganmiz, turargohlarni qayta jihozlash va zaruriy IT-tizimlarni o‘rnatishni rejalashtirgandik. Afsuski, ushbu yer maydonlari bizga topshirilmagani sabab muammolar yuzaga keldi. Hozirda u hokimlikka tegishli» — deydi Ra’no Jo‘rayeva.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent aeroporti «xira kirakashlar»ga qarshi qanday kurashmoqchi?