19:54 / 28.12.2021
1 461

Ayolning ishqiy yozishmalarini eriga jo‘natmaslik uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi

Ayolning ishqiy yozishmalarini eriga jo‘natmaslik uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi
Foto: IIV matbuot xizmati
Toshkent viloyatida ayolning ishqiy yozishmalarini eriga jo‘natmaslik uchun 20 mln so‘m talab qilgan erkak ushlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, G‘ijduvon tumanida yashovchi 40 yoshli ayol R.Z. Toshkent viloyatida yashovchi Sh. bilan Insatgramda tanishib, u bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Ular ishqiy munosabatdagi SMSlar yozishgan.

Ma’lum vaqt o‘tib, Sh. bu yozishmalarni ayolning turmush o‘rtog‘i va yaqin qarindoshlari hamda internet orqali tarqatib yuborishlik bilan qo‘rqitib, R.Z. dan pul talab qila boshlaydi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, ilgari sudlangan, Toshkent viloyatida yashovchi 36 yoshli T.Sh. R.Z. dan so‘ralgan 20 mln so‘mni olgan vaqtida ushlandi.

Surishtiruv ishlari davomida, T.Sh. R.Z. dan oldin ham tovlamachilik yo‘li bilan 70 mln so‘m pullarni olganligini va haqiqatan ham telefonda R.Z. bilan o‘zaro ishqiy munosabatdagi yozishmalari mavjudligini ma’lum qilgan.

Tezkor surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayolning ishqiy yozishmalarini eriga jo‘natmaslik uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi