13:00 / 29.12.2021
1 073

Yangi qabul qilingan qonunning mazmuni nimadan iborat?

Yangi qabul qilingan qonunning mazmuni nimadan iborat?
Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun (O‘RQ–740-son, 28.12.2021 y.) qabul qilindi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda viloyatlarning mahalliy budjetlari loyihalari Hisob palatasiga xulosa berish uchun taqdim qilinadi.

Shuningdek, Hisob palatasi mahalliy budjetlarning ijrosi bo‘yicha hisobotni tashqi auditdan o‘tkazadi.

Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasi Hisob palatasi xulosasi asosida Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

Endilikda tuman va shahar budjetlari qo‘shimcha manbalarining kamida 30 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiradi. (ilgari 10 foiz edi)

Rezident-yuridik shaxslarga budjet ssudalari va kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizidan kam bo‘lmagan foizda beriladi.

Markaziy bank asosiy stavkasi bugungi kunda 14 foiz, budjet ssudalari va kreditlar 7 foizdan kam bo‘lmagan foizda beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi qabul qilingan qonunning mazmuni nimadan iborat?