Afg‘onistondan 134 nafar talaba o‘qishini davom ettirish uchun Surxondaryo viloyati Termiz shahriga yetib keldi, deb xabar bermoqda Sputnik.
Qayd etilishicha, Afg‘oniston uchun mutaxassislar tayyorlaydigan Termiz ta’lim o‘quv markazi direktori Oybek Ro‘ziyev ma’lumotni tasdiqlagan.
«Afg‘onistondan 134 nafar talaba o‘qishini davom ettirish uchun keldi. Kayfiyati a’lo. Ta’tildan so‘ng o‘qishlar boshlanadi», — degan u.
Termizda afg‘onistonliklar ikki mutaxassislik — o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi va temir yo‘l qurilishi va ekspluatatsiyasi yo‘nalishlarida tahsil oladi. O‘qish puli paritet asosida to‘lanadi.
2021 yilgi o‘quv mavsumida Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat keskinlashuvi sabab birinchi kurs talabalari o‘qishga qabul qilinmagandi. Lekin hozirda O‘zbekiston va Afg‘oniston rasmiylari o‘rtasida kelishuvga erishilgan va 2022 yilda yana 100 nafarga yaqin afg‘onistonlik Termizga keladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”