Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi «Samarqand darvoza» savdo majmuasi oldida o‘t o‘chirish moslamasini yoqib, uning portlashi natijasida odamlar jarohatlangani haqida ma’lumotlar va videotasvirlar tarqaldi.
IIV matbuot kotibining ma’lum qilishicha, joriy yilning 1 yanvar kuni tungi soat 00:45 larda Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasi avtoqatnov yo‘lida aholi yig‘ilib, bir necha fuqarolar avtoyo‘lni ajratib turuvchi to‘siqqa mushakbozlik qilish maqsadida qo‘lbola usulda yasalgan o‘t o‘chirgich moslamasini joylashtirib, moslamani tagidan yoqishi oqibatida moslama chaqnashi kuzatilgan.
Natijada, mushakbozlikni telefoni kamerasiga tasvirga olayotgan fuqarolar, 1997 yilda tug‘ilgan M.S. (tashxis: qorin yumshoq to‘qimalari lat yeyishi), 1999 yilda tug‘ilgan M.A. (tashxis: o‘ng oyoq boldir, tovon sohalari yirtilgan jarohati) hamda 2006 yilda tug‘ilgan X.N. (tashxis: o‘ng oyoq panja qismi yirtilgan, majaqlangan jarohati, oyoq barmoqlari noto‘liq amputatsiyasi) turli ko‘rinishdagi jarohat olgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan moslamani tayyorlagan hamda uni yoqqan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”