
Buyuk Britaniyaning The Independent nashri sohaga ixtisoslashgan jurnalistlarning tavsiyalari asosida sayohat qilish uchun eng ommabop 10 ta yo‘nalishni e’lon qildi, deb xabar beradi Telegram’dagi «Nigoh» kanali.
Ushbu ro‘yxatga Normand orollari, Shimoliy Irlandiya, Kanada, Ispaniya, Italiya, Turkiya, O‘zbekiston, Misr va Butan kiritilgan.
Nashr muharriri ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan O‘zbekiston haqida to‘xtalar ekan, bu mamlakatga sayohat qilish taassurotlarga boy bo‘lishini ta’kidlagan. O‘zbekiston bir necha yil avval Buyuk Britaniya fuqarolariga viza talablarini yengillashtirgani, endi ular mamlakatda vizasiz 30 kungacha bo‘lib turishi mumkinligi qayd etilgan.
Muallif O‘zbekistonga safarni rejalashtirayotganda 2022 yil o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro festivallarga tashrif buyurishni maslahat bergan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning fevralida O‘zbekiston turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar reytingida 4-o‘rinni egallagani, iyulda O‘zbekiston yashash uchun eng arzon mamlakatlar reytingida 6-o‘rinni band etgani, 2021 yilning oktabrida esa O‘zbekiston xavfsizligi yuqori bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar