Foto: Toshkent viloyati IIBB.
11 dekabr kuni tungi soat 02:30larda bir guruh noma’lum shaxslar (yuziga niqob va qo‘liga qo‘lqop kiygan holda temir moslama bilan qurollanib) Nurafshon shahar markazida o‘rnatilgan «Poytaxt bank» AJga qarashli bankomatlarning biriga hujum qilganlar. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.
Ular kodli seyfni buzish orqali bankomat ichidan jami 19 mln 433 ming so‘m miqdoridagi pullarni olib (bankomat ichida yana 180 mln so‘m pul bo‘lgan), voqea joyidan yashiringan.
Holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida ushbu jinoyatni – O‘rta Chirchiq va Bektemir tumani hamda Nurafshon shahrida yashovchi 22-24 yosh orasidagi 5 nafar shaxs sodir qilganligi aniqlanib, ular O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Surishtiruv davomida ushbu shaxslar 13 dekabr kuni ham shahar markazidagi oziq-ovqat do‘konini oldiga o‘rnatilgan «Paynet» to‘lov terminalini buzib, ichida bo‘lgan pulni olmoqchi bo‘lganligi biroq ularning bu harakati natija bermagani aniqlangan.
Nurafshon shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan ushlangan shaxslarga nisbatan JKning 25-, 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda