Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari avtoreydlar o‘tkazayotgan paytda yo‘lovchilar yonidan turli giyohvandlik moddalari topilmoqda.
Yo‘llardagi tekshiruvlar davomida:
- 7 yanvar kuni Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan Lacetti yo‘lovchisi yonidan sellofanga o‘ralgan, jigar rangli, o‘tkir hidli, saqichsimon modda topilgan;
- 7 yanvar kuni Sergeli tumanida Spark yo‘lovchisi yonidan sellofanga solingan, sariq rangli, kukunsimon modda topilgan;
- shu kuni Bektemir tumanida Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan Lacetti yo‘lovchisi yonidan 1000 so‘mlik pul kupyurasiga o‘ralgan, jigar rangli, o‘tkir hidli, saqichsimon modda topilgan;
- 8 yanvar kuni Cobalt yo‘lovchisi yonidan gugurt qutisiga solingan, yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqarolar va aniqlangan moddalar tuman IIO FMBga topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar