“Rossiya O‘zbekistonda davlat to‘ntarishiga urinish xavfi bor yoki yo‘qligini muhokama qilishda ishtirok etmayapti, bu Minsk va Toshkent o‘rtasidagi muloqot mavzusi”, dedi jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko KXSHT yig‘ilishida tashkilot davlatlari Qozog‘istondagi namoyishlardan saboq olishi kerakligini aytdi. U O‘zbekiston bu holatga alohida e’tibor qaratishi kerakligini ta’kidlagan. Uning iddaosiga ko‘ra, shunday deyish imkonini beruvchi operativ ma’lumotlar mavjud emish.
Peskov “Kreml Lukashenkoning mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lishi mumkinligi haqidagi xavotirlarini qo‘llab-quvvatlayaptimi, O‘zbekiston va O‘zbekiston rahbariyatiga maslahatlar, tavsiyalar berilyaptimi?” – degan savolga javob berar ekan, “To‘g‘risi, bu Minsk va Toshkent o‘rtasidagi muloqot mavzusi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, biz bu ishda ishtirok etmaymiz”, — deb javob bergan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi