1 216
“Turon bank”ning 700 million so‘mga yaqin pullarini plastik karta orqali o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga tushdi
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida «Turonbank»ning 700 million so‘mga yaqin pullarini plastik karta orqali o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Qayd etilishicha, R.U. ismli yosh yigit 2020 yil 19 dekabr kuni soat 21:30 larda tanishi R.O. bilan o‘zaro suhbat chog‘ida «Turonbank» ATB ning «My Turon» mobil ilovasi orqali Humo plastik kartasidan 9 ming 950 so‘m pulni Uzcard plastik kartasi hisob-raqamiga o‘tkazganida o‘tkazma amalga oshib, pullar qabul qilinganligini, biroq o‘tkazilgan 9 ming 950 so‘m Humo plastik kartasi hisob raqamidan kamaymaganini aytgan.
Shuningdek, istalgan summadan 50 raqamini ayirib tashlab, kelib chiqqan summani Humo plastik kartadan Uzcard plastik kartasiga o‘tkazganida ham shu kabi holat sodir bo‘lganini ma’lum qilgan. R.U. ushbu holatni tekshirish maqsadida «Turonbank» Farg‘ona filialidan olingan Uzcard hamda Humo plastik kartasini o‘zining telefoniga SMS xabarnoma xizmatini yoqtirgan. Foydalanuvida bo‘lgan Red Mi-7 telefon apparatiga o‘rnatilgan ilovaga ushbu har ikkala plastik kartani biriktirgan.
Foydalanish jarayonida u kartadan bunisiga pul o‘tkazganda kamaymaganini u ham sezadi. Pullar «My Turon» mobil ilovasidagi texnik xatolik sababli bank hisob raqamidan yechib olinayotganini anglab, ushbu holatni mas’ul xodimlar sezmayotganiga ishonch hosil qilgan.
Shundan so‘ng R.U. va R.O. ilovada mavjud bo‘lgan xatoliklar haqida bank mas’ullarini ogohlantirmasdan, bank pullarini hisob raqamiga ko‘chirish orqali yashirin ravishda talon-toroj qilgan.
Dastlab R.U. va R.O. yuqoridagi usuldan foydalanib, 121 million 171 ming 750 so‘mni, oradan bir necha kun o‘tgach, R.U. o‘rtog‘i J.A. bilan 220 million so‘mni, so‘ng R.U. o‘rtog‘i I.Q. bilan 29 million so‘mni o‘g‘irlagan. Shuningdek, R.O. tanishi S.S. bilan 10 million 518 ming 850 so‘mni, so‘ng I.Q. o‘rtog‘i M.Q. bilan 310 million so‘mni hamda R.O. bilan 8 million so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirgan. Umumiy hisobda yetti nafar shaxs qisqa vaqt davomida 698 million 689 ming so‘m pulini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.
Tezkorlik bilan olib borilgan harakatlar natijasida bank pullarini to‘liq qaytarilishiga erishilgan. Sudlanuvchilar holat aniqlanishi bilan barcha pullarni o‘z ixtiyorlari bilan topshirgan.
Jinoyatchilarning besh nafari Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3- va 4-qismlari bilan 3 yil 6 oydan 5 yil 6 oygacha muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Ikki nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi