15:03 / 12.01.2022
1 477

Toshkentda moliyaviy piramida tashkil qilgan ukrainalik qo‘lga olindi

Toshkentda moliyaviy piramida tashkil qilgan ukrainalik qo‘lga olindi
Toshkentda moliyaviy piramida tashkil qilgan ukrainalik fuqaro qamoqqa olindi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.

2020 yil 15 yanvarda Ukraina fuqarosi M.M, Toshkentda «Golden Cash story» MCHJ xorijiy korxonasini ta’sis etgan.

Korxonaning asosiy faoliyati ulgurji savdo amalga oshirish bo‘lsa-da, OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ibot-tashviqot uyushtirib, ushbu korxonaga tilla va kumush buyumlarini investitsiya tariqasida kiritganlarga haftasiga 2,3 foiz, yiliga 40 foizdan 262 foizgacha daromad berib borish bilan qiziqtirgan.

Natijada minglab fuqarolardan 100 AQSH dollaridan 10.000 AQSH dollarigacha bo‘lgan narxdagi tilla va kumush buyumlarni qo‘lga kiritishgan.

Ish bo‘yicha JKning 1881-moddasi 2-qismi «v,g» bandlari bilan M.M, V.K, S.T, A.S va X.Sh.lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

2021 yil 22 noyabr kuni jinoyat ishi Tergov departamenti ish yurituviga olingan.

Jabrlanganlar asosan Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Buxoro, Qaraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlaridan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov olib borilmoqda hamda fuqarolarga yetkazilgan zararni aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda moliyaviy piramida tashkil qilgan ukrainalik qo‘lga olindi