Mamlakat iqtisodiyotining negizini turli shakldagi mulk tashkil etadi. Mulk mutloq daxlsiz hisoblanadi va davlat tomonidan qo‘riqlanadi, unga nisbatan har qanday tajovuz qonunga zid deb topiladi, belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Jabrlanuvchining yoki boshqalarning yo‘qligida yoki ular bor bo‘lsada, ularga bildirmasdan o‘zganing mol-mulkini yashirin talon-toroj qilish o‘g‘rilik hisoblanadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudida Yu.Iga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Yu.Iga 33 yoshda, ushbu yoshgacha firibgarlik, o‘g‘rilik jinoyatlari uchun 7 marta sudlanib, umrini ya’ni, yoshligini ozodlikdan mahrum qilish muassasalarida o‘tab kelgan.
Qilgan ishlaridan xulosa qilmasdan takroran 2021 yil 21 avgust kuni sudlanuvchi Yu.I o‘ta xavfli retsidivist bo‘lgani holda, o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, mast holatda Quva tumani, “Jalayor” MFY, Jalayer ko‘chasidagi uydan narxi 5.000.000 so‘mlik “Dynacord Power Mate 1000/1600” nomli ovoz kuchaytirgich apparatini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Sudlanuvchi Yu.I sudda bergan ko‘rsatuvida aybiga to‘liq iqror bo‘lib, o‘zi ilgari jinoyat sodir etgani uchun sudlanib, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tagani, 2021 yil 21 avgust kuni Quva tumani, “Dehqonobod” MFY, Qashqar qishlog‘ida yashovchi tog‘asi A.D. ko‘rgani kelmoqchi bo‘lib, Quva tumani markaziga kelib u yerda spirtli ichimlik iste’mol qilganini, so‘ng u yerdan Dehqonobod qishlog‘iga borib, “N” ismli tanishi bilan ko‘rishib qolib, undan velosipedini olib tog‘asi A.D.ni yashash uyiga borgani, so‘ng tanishi U.J.ni yashash uyiga borib, ovoz kuchaytirgich apparatini olib, velosipedda Dehqonobod qishlog‘i markaziga kelib, Quva tumani, Turkrovot qishlog‘ida yashovchi U.D.ga o‘g‘irlanganini aytmay, ovoz kuchaytirgich apparatini jami 700.000 so‘mga sotib, pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgani, zararni qoplamagani, hozirda o‘zi qilmishidan qattiq pushaymonligini aytib, suddan yengillik berishni so‘radi.
Sud tomonidan Yu.I O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 4-qismi “b” bandi aybdor deb topilib, unga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shu asnoda yakun sifatida xalqimiz maqollari “Vijdondan kechgan yiqilar”, “Insofli odam oshini yer, insofsiz odam boshini” degan hikmatli so‘zlarni keltirishni hamda inson barkamollikka erishishining birinchi sharti – nafsni jilovlash ekanini yodda tutish lozim bo‘ladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Quva tuman sudining sudyasi
Q.Abdullayev
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Quva tuman sudining sudyasi
Q.Abdullayev
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi