«Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–83-son, 13.01.2022 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Jizzax viloyatida tashkil etilgan baliqchilik klasterining aholi xonadonlari bilan kooperatsiya asosida ishlash tajribasi har bir viloyatda joriy etiladi.
Bunda:
- baliqchilik xo‘jaliklari xonadon egalarini baliq yetishtirish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etadi, ularga baliq yetishtirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, baliq chavoqlari, omuxta yem, mineral o‘g‘itlarni yetkazib beradi hamda ular tomonidan yetishtirilgan baliqni kelishilgan narxlarda sotib oladi;
- xonadon egalari o‘z xonadonlarida intensiv usulda yetishtirilgan baliqlarni kelishilgan narxlarda ularga sotadi.
2022 yil 1 fevraldan fuqarolaro‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida o‘z xonadonida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormushka, UZV) hamda qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan, biroq daromadining 80 foizidan ortig‘ini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan sub’ektlar uchun foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
Baliq yetishtiruvchi xonadon egalariga yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida belgilanadi.
2022 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda jami 700 ming tonna baliq yetishtiriladi.
Qarorga ko‘ra,2022 yil 15 yanvardan «Har bir oila – tadbirkor» davlat dasturi doirasida xonadonlarda baliq yetishtirish uchun ajratiladigan kredit BHMning 150 baravaridan 300 baravarigacha oshiriladi.
Shuningdek, intensiv usulda xonadonlarda baliq yetishtirish loyihalarini moliyalashtirishga 200 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvargacha jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 2 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratiladi.
Qarorga ko‘ra, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatiga «baliqchilik» ixtisosligi kiritiladi.
2022 yildan Toshkent davlat agrar universiteti va Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti doktorantura bosqichlariga «Baliqchilik» ixtisosligi bo‘yicha har yili 2 tadan o‘rin ajratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi