1 017
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan barcha yerlarni kuzatib boruvchi tizim ishga tushiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan foydalanish tartiblarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan foydalanish tartiblarini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda:
- 2022 yil 1 martga qadar barcha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari hamda foydalanishdan chiqqan yer uchastkalari to‘g‘risidagi miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni milliy geografik axborot tizimiga kiritish ishlarini yakunlaydi;
- fermer va dehqon xo‘jaliklari tashkil etish uchun elektron tanlovga qo‘yiladigan bo‘sh turgan yer uchastkalarining konturlar kesimida ro‘yxatini shakllantirishni ta’minlaydi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
- 2022 yil yakuniga qadar barcha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan foydalanish holatini kuzatib borish maqsadida onlayn-monitoring tizimini ishga tushirish;
- mazkur tizimda har bir hudud va sub’ektlar kesimida yerlarning normativ qiymatini hisoblash va Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashuvini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda:
- 2022 yil 1 martdan boshlab fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga ajratiladigan va suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladigan yer uchastkalari ro‘yxatini shakllantirishda muhandislik infratuzilmasi bilan ta’minlanganiga e’tibor qaratadi;
- har bir yer uchastkasini elektron tanlov orqali ajratishdan oldin zarur infratuzilma ob’ektlari hamda suv va elektr energiyasini hisoblash uskunalari hamda tashqi infratuzilmalar (jumladan, transformator, simyog‘ochlar) o‘rnatilishini ta’minlaydi;
- 2022 yil 1 martgacha fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun ekin turidan kelib chiqqan holda suv iste’moli uchun haq to‘lash tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi