Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2022 yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda davlat rahbari faol islohotlar, tadbirkorlikni rivojlantirish va mahallabay ishlash boshlangani natijasida, 2021 yilda yalpi ichki mahsulot 7,4 foizga o‘sganini qayd etgan. Shuningdek, hududlarda 100 mingta yangi tadbirkor ish boshlagan, o‘zini o‘zi band qilganlar soni 700 mingga ko‘payib, 1,2 millionga yetgan.
Bundan tashqari, mahallabay ishlash tizimi orqali «temir daftar»dagi 583 ming ehtiyojmand oila doimiy daromad bilan ta’minlangan.
«2022 yilni ‘Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili’ deb e’lon qildik. Shu bois bu yil barcha mahallalarda tub o‘zgarishlar yili bo‘lishi kerak», — deydi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi