16:36 / 15.01.2022
1 818

Taksi bilan bog‘liq yana bir jinoyat: O‘tiring aytgan manzilingizga olib borib qo‘yamiz!

Taksi bilan bog‘liq yana bir jinoyat: O‘tiring aytgan manzilingizga olib borib qo‘yamiz!
Toshkent shahrida Andijon viloyatida yashovchi fuqaroga kuch ishlatib, uning 800 dollar pulini tortib olgan «taksichi»lar ushlangan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 8 yanvar kuni Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi, 34 yoshli X.J. Toshkent shahar Yashnobod tuman IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, kuch ishlatib pullarini tortib olgan ikki nafar shaxsga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

X.J.ning arizasiga ko‘ra, u 8 yanvar kuni soat 9:30 larda Toshkent xalqaro aeroporti yonida «Vodiy pitak»ga borish uchun Lacetti rusumli mashinaga o‘tirgan. Yashnobod tumani TXAY ko‘chasida joylashgan Andijon viloyatiga yo‘lovchi mashinalar qatnaydigan avtoturargohga yetib borishgach, haydovchisi va uning yonida o‘tirgan sherigi X.J.ni mashinadan tushirib, birgalikda qo‘llarini ushlab, bo‘ynidan bo‘g‘ib, 800 dollar pullarini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 41 yoshli U.S. va Toshkent viloyatida yashovchi 36 yoshli Yu.A.lar sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.S. va Yu.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlanishgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taksi bilan bog‘liq yana bir jinoyat: O‘tiring aytgan manzilingizga olib borib qo‘yamiz!