23:27 / 15.01.2022
1 663

Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda sobiq mudofaa vazirini ishdan olishi sababini aytdi

Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda sobiq mudofaa vazirini ishdan olishi sababini aytdi
Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan majlisida 2017 yil mamlakat mudofaa vaziri Qobul Berdiyevni nega ishdan olgani haqida gapirdi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalida namoyish etilgan «Menimcha» ko‘rsatuvida namoyish etildi.

Majlisda Qo‘shinlarning dala tayyorgarligi yagona markazlari hamda maxsus bo‘linmalar mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha mavjud baza va poligonlardan barcha kuch tuzilmalari to‘liq va samarali foydalanilmayotgani ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoyev bu masalaga ma’muriy sektor rahbarlari — hokimlar jiddiy yondashmayotganini tanqid qildi.

Qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoni bu masalaga to‘xtalar ekan, 2017 yili Kattaqo‘rg‘on poligonidagi vaziyat qanday bo‘lganini yodga oldi.

«2017 yil mudofaa vazirini Kattaqo‘rg‘onda ishdan olgan edim. O‘shanda Kattaqo‘rg‘ondagi poligonga borib, hayratdan lol qolgandim. Mudofaa vazirligi shunaqa ekanini men o‘zim ham bilmasdim. Askarlarning sharoitini ko‘rib, u yerdagi vaziyatni ko‘rib. Shu sabab vazirni ishdan olgandim. Hozir boringlar, qanday o‘zgarish bo‘lganini ko‘rasiz.

Sizlar sektor rahbari sifatida mudofaaga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirishingiz kerak. Nomiga ish qilmanglar
», – dedi prezident hokimlarga qarata.

Ma’lumot uchun, Qobul Berdiyev 2008 yildan 2017 yilgacha Mudofaa vaziri bo‘lib ishlagan. Shavkat Mirziyoyev Qobul Berdiyevni 2018 yilda bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashining majlisida ham tanqid qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda sobiq mudofaa vazirini ishdan olishi sababini aytdi