Foto: «medikforum.ru»
Koronavirusning «omikron» shtammi keltirib chiqaradigan infeksiya bilan kasallanish ko‘zlarda kutilmagan alomat sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Bu haqda Britaniyalik shifokor Nina Aslam «Medik Forum» nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Buyuk Britaniyaning ZOE COVID Study tadqiqot loyihasining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda omikron bilan kasallanganlarning 50 foizigina kovid infeksiyasining uchta klassik alomatlarini — isitma, doimiy yo‘tal, hid yoki ta’m bilishning yo‘qolishi yoki o‘zgarishini boshdan kechirmoqda.
«Omikron infeksiyasining belgisi kon’yunktivit — ko‘z qovoqlarining ichki qismini qoplaydigan nozik membrananing yallig‘lanishi bo‘lishi mumkin», — dedi u.
Doktor Aslamning so‘zlariga ko‘ra, ko‘zlarda hujayra retseptorlari mavjud bo‘lib, koronavirus ular bilan bog‘lanib, organizmga kiradi. Ushbu retseptorlar ko‘zning turli qismlarida - xususan, ko‘zning to‘r pardasi, ko‘zning oq qismi va qovoqlarni qoplaydigan hujayralarida joylashgan.
Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, kon’yunktivit kovid infeksiyasining belgisi sifatida kasallikning asemptomatik shakliga duchor bo‘lgan odamlarda paydo bo‘lishi mumkin. Virus bilan kasallangan bemorlarda nafas olish belgilari minimal namoyon bo‘lganda ham og‘ir kon’yunktivit yuzaga kelgan holatlar qayd etilgan.
Omikron shtammining boshqa belgilari sifatida quyidagilar sanab o‘tilgan:
- tomoq og‘rig‘i.
- mushaklardagi og‘riq.
- noodatiy charchoq.
- quruq yo‘tal.
- kechasi terlash. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi