08:33 / 17.01.2022
1 460

Qoraqalpog‘istonda fuqaro 3 bosh jayronni uyida saqlab kelayotgani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda fuqaro 3 bosh jayronni uyida saqlab kelayotgani aniqlandi
Foto: Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasi
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida fuqaro Qizil kitobga kiritilgan sut emizuvchilar toifasiga kiruvchi 3 bosh jayronni saqlayotgani aniqlandi, deb xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, shaharning A.Begimov ko‘chasida yashovchi fuqaro o‘z uyida jayronlarni boqib kelayotgani ma’lum bo‘lgach, 14 yanvar kuni ishchi guruh tomonidan vaziyat o‘rganilgan. Natijada haqiqatan ham mazkur manzilda sut emizuvchilar turiga kiruvchi 3 bosh jayron borligi aniqlangan.

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarni parvarish qilishga «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunidagi 38-moddada ko‘rsatilgan yovvoyi hayvonlarni boshqa joylarga ko‘chirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish, yovvoyi hayvonlarni yangi yashash joylariga ko‘chirishga, fauna uchun yangi bo‘lgan yovvoyi hayvon turlarini iqlimga moslashtirishga, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni chatishtirish tadbirlarini o‘tkazishga davlat ekologik ekspertizasining hamda Fanlar akademiyasining xulosalari asosida ilmiy va xo‘jalik maqsadlarida yo‘l qo‘yiladi.

Fuqaroga yovvoyi hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joylarga ko‘chirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish taqiqlangani bo‘yicha tushuntiruv ishlari olib borilgan. 3 bosh jayron Davlat ekologiya qo‘mitasining Quyi Amudaryo davlat Biorezervati «Nazarxan« ovulida joylashgan volerda vaqtincha saqlash uchun olib ketilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istonda fuqaro 3 bosh jayronni uyida saqlab kelayotgani aniqlandi