10:25 / 18.01.2022
1 222

YPX va PPX postlarida «Yashil» va «Qizil» yo‘lak tizimi joriy etiladi

YPX va PPX postlarida «Yashil» va «Qizil» yo‘lak tizimi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Ichki ishlar vazirligining:
  • Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi qaroriga ilovada belgilangan, faoliyatini davom ettiradigan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va patrul-post xizmati postlarida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali ushbu maskanlarda inson omilini cheklagan holda transport vositalarining to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha “Yashil” va “Qizil” yo‘lak tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
  • yo‘llarda transport oqimini hisoblash, tirbandliklar oldini olish va qidiruvda bo‘lgan transport vositalarning harakatlanish yo‘nalishini aniqlash, transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni masofadan uzatish hamda harakatlanishini nazorat qilish imkoniyatini yaratuvchi “RFID” (Radio chastotani identifikatsiyalash texnologiyasi) tizimini (“RFID” tizimi) joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.

Belgilanishicha:
  • 2022 yil 1 martdan boshlab Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” va Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan “Namangan” yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan to‘liq jihozlangan “Yashil” va “Qizil” yo‘lak tizimi joriy etiladi va bosqichma-bosqich respublikaning qolgan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida qo‘llaniladi;
  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kirish-chiqish joylaridagi yo‘l-patrul xizmati maskanlari, blokpost va to‘siq postlarida o‘rnatiladigan transport oqimini hisoblash, tirbandliklar oldini olish, qidiruvda bo‘lgan transport vositalarning harakatlanish yo‘nalishini aniqlash hamda transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni masofadan uzatish imkoniyatini o‘z ichiga olgan “RFID” tizimini eksperiment tariqasida joriy etiladi;
  • Ichki ishlar vazirligi “RFID” tizimini eksperiment tariqasida joriy etish va yuritishga mas’ul organ hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YPX va PPX postlarida «Yashil» va «Qizil» yo‘lak tizimi joriy etiladi