23:06 / 18.01.2022
1 204

Andijonda «Hizb ut-Tahrir» g‘oyalari bo‘yicha saboq olayotgan 12 nafar ayol qo‘lga olindi

Andijonda «Hizb ut-Tahrir» g‘oyalari bo‘yicha saboq olayotgan 12 nafar ayol qo‘lga olindi
Foto: Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Andijon viloyatida «Hizb ut-Tahrir» diniy ekstremistik tashkiloti faoliyatini targ‘ib qiluvchi diniy o‘qishxonlik qilib kelayotganlar aniqlandi, deb xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 16 yanvar kuni olingan tezkor ma’lumotga asosan Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi va Andijon viloyati IIB TЕQKB hamda Andijon tumani IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda «Hizb ut-Tahrir» diniy ekstremistik tashkilotining «Ayollar qanoti» guruhi a’zolari bo‘lgan 12 nafar ayol Andijon tumanida yashovchi fuqaro M.M.ning xonadonida to‘planib, ekstremistik tashkilot faoliyatini targ‘ib qiluvchi diniy o‘qishxonlik qilib kelayotganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari davomida ushbu ayollar hozirda Turkiyada bo‘lgan ayol M.X.ning (1972 yilda tug‘ilgan) ko‘rsatmasi asosida tez-tez bir birlarining xonadonlarida ziyofat bahonasida yig‘ilishib, M.X.dan ijtimoiy tarmoqlar orqali «Hizb ut-Tahrir» diniy ekstremistik tashkiloti g‘oyalari bo‘yicha saboq olib kelishayotgani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda «Hizb ut-Tahrir» g‘oyalari bo‘yicha saboq olayotgan 12 nafar ayol qo‘lga olindi