23:04 / 18.01.2022
1 748

Bosh prokuratura Andijondagi hodisa aybdorini topdi

Bosh prokuratura Andijondagi hodisa aybdorini topdi
Avvalroq Andijonda sog‘lom qarag‘aylarlar kesib tashlangani va bunga viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov buyruq bergani haqida xabarlar tarqalgandi.

Andijon viloyati perinatal markazi hududida yuz bergan noxush holat Bosh prokuratura tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi «Respublika ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-46-sonli Farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.

Shunga qaramasdan, Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i G‘.Sh. tomonidan Andijon viloyati perinatal markazi hududidagi «Eldor qarag‘oyi» (Pinus eldarica) navli 12 tup daraxtlar qonunga xilof ravishda kesib yuborilganligi oqibatida tabiatga 115,5 mln. so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

O‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra, Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i G‘.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Sog‘lom qarag‘aylarlarni kesib tashlashga viloyat rahbari buyruq bergani haqidagi vajlar ochiqligicha qolmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura Andijondagi hodisa aybdorini topdi