Foto: «Daryo»
Farg‘ona shahrida 6 kilogramm 90 grammli chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Iqboljon Abdujabborov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 18 yanvar kuni farg‘onalik Mavludaxon Xo‘jayeva Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limida vazni 6 kilogramm 90 gramm, bo‘yi 60 santimetr bo‘lgan o‘g‘il chaqaloqni dunyoga keltirgan.
Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limi bosh shifokori Shoira Ismoilovaning ma’lum qilishicha, chaqaloq 39-haftada jarrohlik amaliyoti yordamida tug‘ilgan. Hozirda ona va bolaning ahvoli yaxshi, ular shifokorlarning doimiy nazoratida.
Ta’kidlanishicha, ushbu chaqaloq mazkur tug‘uruq bo‘limida shu vaqtga qadar tug‘ilgan eng vazni og‘ir bola hisoblanadi. Bu yerda yirik vaznli chaqaloqlar tug‘ilishi holati ilgari ham kuzatilgan. Shifokorlarning qayd etishicha, bu yerda 5 kilogramm vaznli chaqaloq ham dunyoga kelgan.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Mavluda Xo‘jayevaning 3 nafar qizi bor, yangi chaqaloq esa uning to‘rtinchi farzandi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi