10:23 / 20.01.2022
1 024

O‘zbekistonda ketma-ket ikkinchi kun antirekord — bir sutkada 1307 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda ketma-ket ikkinchi kun antirekord — bir sutkada 1307 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda 19 yanvar kuni 1307 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 209 578 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining

39 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
31 nafari Andijon viloyatida,
31 nafari Buxoro viloyatida,
51 nafari Jizzax viloyatida,
19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
12 nafari Navoiy viloyatida,
55 nafari Namangan viloyatida,
43 nafari Samarqand viloyatida,
20 nafari Sirdaryo viloyatida,
34 nafari Surxondaryo viloyatida,
157 nafari Farg‘ona viloyatida,
53 nafari Xorazm viloyatida,
194 nafari Toshkent viloyatida,
568 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Ta’kidlash kerakki bundan oldingi kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 18 yanvar kuni tasdiqlangan edi — bir sutkada 1214 kishida COVID-19 aniqlangan.

Shu kun davomida 734 kishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 26 nafar, Andijon viloyatida 24 nafar, Buxoro viloyatida 16 nafar, Jizzax viloyatida 28 nafar, Qashqadaryo viloyatida 12 nafar, Navoiy viloyatida 6 nafar, Namangan viloyatida 23 nafar, Samarqand viloyatida 47 nafar, Sirdaryo viloyatida 23 nafar, Surxondaryo viloyatida 16 nafar, Farg‘ona viloyatida 89 nafar, Xorazm viloyatida 39 nafar, Toshkent viloyatida 178 nafar, Toshkent shahrida 207 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 201 246 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1529 nafarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 7 yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirusning omikron shtammi aniqlangandi. Shundan buyon koronavirusga chalinganlar soni orta boshlayotgan edi. 8 yanvar kuni 369 kishida, 9 yanvarda 389 kishida, 10 yanvarda 425 kishida, 11 yanvarda 604 kishida, 12 yanvarda 714 kishida, 13 yanvar kuni 824 kishida, 14 yanvarda 876 kishida, 15 yanvarda esa 912 kishida, 16 yanvarda 1037 kishida, 17 yanvarda 935 kishida kasallik tasdiqlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ketma-ket ikkinchi kun antirekord — bir sutkada 1307 kishida koronavirus aniqlandi