20 yanvar kuni «Sevimli» telekanali ta’sischilarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov taklif qilingan. «Darakchi.uz»ning yozishicha, yig‘ilishda «Sevimli» telekanali bosh direktori va bosh muharriri vazifasidan ozod etilgan.
Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilgan. Kanal Kuzatuv kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib jamoatchilik fikri asosida Firdavs Abduxoliqov saylangan.
Ta’sischilarning qarori bilan bosh direktori vazifasini bajaruvchi A.Xo‘jayev va bosh muharrir Q.Saydaliyev o‘z vazifasidan ozod etilgan.
Yig‘ilishda shu paytga qadar Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan Jaloliddin Safoyev kanal bosh direktori vazifasiga tayinlandi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Firdavs Abuxoliqov kanal efiriga uzatilgan «Sabriya» serialini badiiy saviyasini tanqid ostiga olib, «biz telekanal muxlislari va jamoatchilikdan uzr so‘raymiz va kelgusida yangi tayinlangan bosh direktor nafaqat seriallar, qolaversa, barcha media mahsulotlarning g‘oyaviy-badiiy jihatlariga mas’ul ekanligini uqtirgan holda barcha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi zarur», degan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi