Foto: Prezident matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun «Zakovat» intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot kotib xabar berdi.
2021 yil oktabr oyida davlatimiz rahbari Buxoro viloyati Romitan tumanida «Zakovat» intellektual o‘yinining final bosqichiga tashrif buyurib, bahsni kuzatgan, tadbir so‘ngida nutq so‘zlab, bilimdon yoshlarga sharoit yaratish uchun ko‘plab tashabbuslarni bildirgan edi.
Ushbu tashabbuslar ijrosini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar Prezident qarorida belgilab berildi. Jumladan:
— Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga «Zakovat» intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarni tizimli ravishda rivojlantirishga doir vazifalar yuklandi;
— 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan «Zakovat» stipendiyasi joriy etiladi;
— 2022 yildan boshlab, bosqichma-bosqich umumiy o‘rta, Prezident, o‘rta maxsus va professional hamda oliy ta’lim muassasalarida «Zakovat» intellektual klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida intellektual o‘yinlar jamoalari uchun alohida xonalar tashkil etiladi;
— 2022 yildan boshlab har yili talabalar o‘rtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta o‘rinni qo‘lga kiritgan oliy ta’lim muassasasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi topshiriladi;
— intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda OTM talabalari ta’limning keyingi bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
— ta’lim muassasalarida tashkil etilgan «Zakovat» intellektual klublarining koordinatori bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama to‘lab beriladi;
— 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili aprel oyida «Intellektual haftalik» tadbiri o‘tkazib boriladi;
— yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularga motivatsiya berish maqsadida mashhur olimlar, jumladan, Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashuvlar tashkil etib boriladi;
— «Zakovat» va boshqa intellektual o‘yinlarining hududiy va respublika bosqichi g‘oliblarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga olish hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
— Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Yoshlar oromgohi»da mavsumiy ishlaydigan «Intellektual maktab» loyihasi yo‘lga qo‘yiladi;
— «Yangi O‘zbekiston bog‘i»ga tutash hududda «Zakovat intellektual o‘yinlari klubi» uchun alohida bino hamda «Intellektual o‘yinlar shaharchasi» barpo etiladi. Mazkur binolar Yoshlar ishlari agentligining balansida bo‘ladi;
— intellektual turnirlar tashkil qilish, bilimdon yoshlarni rag‘batlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan kompyuter va mobil o‘yinlarni yaratgan dasturchilarga grant va subsidiyalar ajratish maqsadida 2022 yilda 50 mlrd so‘m miqdorida, keyingi yillarda asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq davlat budjetidan mablag‘ ajratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi