19:03 / 20.01.2022
1 437

Shavkat Mirziyoyev ikkita viloyat hokimiga «hayfsan» berdi

Shavkat Mirziyoyev ikkita viloyat hokimiga «hayfsan» berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish borasida 2022 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sur’ati qoniqarsiz ekanini ta’kidladi.

Joriy yilda davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushishi prognoz qilinayotgan mablag‘lar ko‘rsatkichi juda kamligi, tarmoq va hududlarda hanuzgacha 2 mingta samarasiz ishlatilayotgan davlat mulki ob’ektlari mavjudligi keskin tanqid qilindi.

Viloyat hokimliklari balansida ham yillar davomida 170 ga yaqin bo‘sh ob’ektlar sotilmasdan turibdi.

Shuning uchun Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev va Xorazm viloyati hokimi F.Ermanovga xususiylashtirish ishlarini sust tashkil etgani uchun «hayfsan» e’lon qilindi.

Shuningdek, Davlat aktivlari agentligining Sirdaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlari boshqarma boshliqlarini ishdan olish, transformatsiya va xususiylashtirish ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygani uchun «O‘zagroservis» jamiyati raisi R.Xayitovga hayfsan e’lon qilishga ko‘rsatma berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev ikkita viloyat hokimiga «hayfsan» berdi