865
Qashqadaryodagi YPX maskanidan o‘tayotgan Cobalt’dan 1 kg.dan ortiq giyohvandlik moddasi topildi
Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joylashgan "Umakay" YPX maskanidan o‘tayotgan “Cobalt” mashinasidan 1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasi topilgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 19 yanvar kuni soat 01:20 larda, sohaviy xizmatlar xodimlari hamkorligidagi reyd davomida YPX xodimi tomonidan Chiroqchi tumani hududida joylashgan "Umakay" YPX maskanidan o‘tayotgan “Cobalt” mashinasi to‘xtatilib tekshirilgan.
Tekshiruv jarayonida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan K.T. o‘zining xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg‘otgan. Xolis guvohlar ishtirokidagi tekshiruvlar mobaynida mashinaning kapoti ostidan 3 dona sellofanga solingan, jigar rangli, o‘tkir hidli, umumiy vazni 1 kilogrammdan ortiq bo‘lgan giyohvandlik moddalari topilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobilda bo‘lgan fuqarolar va aniqlangan moddalar Qashqadaryo viloyati IIBga topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi