Xalq ta’limi vazirligi 24 yanvardan boshlab maktablar bir oy davomida onlayn shaklda faoliyat olib borishini ma’lum qildi.
«Koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqalish xavfining oldini olish hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining takliflaridan kelib chiqib 24 yanvardan boshlab maktablardagi ta’lim jarayoni bir oy muddat davomida onlayn shaklda olib boriladi.
Masofaviy shaklda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun Milliy teleradiokompaniya telekanallari hamda «Onlayn maktab» telegram kanali orqali berib boriladi. «Onlayn maktab» loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravishda «Onlayn maktab» telegram kanali orqali e’lon qilib boriladi.
Fursatdan foydalanib, Xalq ta’limi vazirligi ota-onalardan farzandlarini uydagi xavfsizligi va sog‘ligini ta’minlagan holda «Onlayn maktab» loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borishlarida amaliy yordam berishlarini so‘raydi.
Shu o‘rinda bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo‘li bu vaksinatsiya, shu bois sizlardan o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinatsiya jarayonlarida faol qatnashishingizni so‘rab qolamiz», deyiladi vazirlik xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi