
Abdulla Azizov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Daniya qirolligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlagan Azizov 2019 yilda Davlat soliq qo‘mitasida ish boshlagandi.
2020 yilning iyul oyida esa u Sog‘liqni saqlash vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi.
A.Azizov 1981 yilda tug‘ilgan. 2003 yilda Yaponiyaning Nagoya universitetini, 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini moliya va xalqaro biznes yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan.
Abdulla AzizovSog‘liqni SaqlashO‘rinbosar LavozimiDavlat SoliqAxborot TexnologiyalariYaponiyaning Nagoya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar