14:50 / 21.01.2022
1 217

Toshkentda Suriyaga borishni rejalashtirgan talaba va 2 nafar maktab o‘quvchisi ushlandi

Toshkentda Suriyaga borishni rejalashtirgan talaba va 2 nafar maktab o‘quvchisi ushlandi
Toshkentda diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan bir talaba va ikki nafar maktab o‘quvchisi ushlandi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, yigitlardan biri Okford universitetining Toshkent shahridagi filiali talabasi (2001 yilda tug‘ilgan), qolgan ikki nafari Namangandagi maktablardan birining o‘quvchisi (2003 yilda tug‘ilgan) hisoblanadi.

Ular Telegram’da kanal ochib, xalqni jihod qilishga va Suriyada qiynalayotganlarga yordam berishga undagan. Ularning har biri o‘z kanallarida 300 ga yaqin obunachi yig‘gan.

Ayblanuvchilar jihod amallarini bajarayotgan, internetdan topgan tanishidan Suriyaga borish tartibi, yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgangan. O‘zbekiston orqali Turkiyaga, u yerdan esa Suriyaga borish tartibi, chipta narxini so‘raganlari yozishmalari o‘z tasdig‘ini topgan.

Sud jihodchilikda gumonlangan yigitlarga nisbatan hukm chiqardi. Unga ko‘ra, ulardan biri 5 yil-u 6 oyga, qolgan ikki nafari 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Suriyaga borishni rejalashtirgan talaba va 2 nafar maktab o‘quvchisi ushlandi