19 yanvar kuni Nur-Sulton shahri Yesil tumani migratsiya politsiyasi idorasida hujjatsiz ushlangan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra, Yesil tumani migratsiya politsiyasi idorasiga borib, 18 nafar O‘zbekiston fuqarolar bilan uchrashildi. Fuqarolarning pasporti borligi ammo, vaqtinchalik ro‘yxatga turish muddati tugaganligi va ishlash uchun ruxsatnomasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Fuqarolarga Qozog‘iston qonunlarini buzmaslik, o‘rnatilgan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirish borasida huquqiy tushuncha berildi, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.
Shuningdek, fuqarolar Qozog‘istonga tanishlari orqali kelib, qurilishda ishlayotganini ma’lum qildi. Ularga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan pilot loyiha mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Uchrashuvda Yesil tumani migratsiya politsiyasi tomonidan birinchi marta Qozog‘istonga kelgan fuqarolarga ogohlantirish, ikki yoki ko‘p marta kelganlarga jarima yozildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi