Ijtimoiy tarmoqlarda «Sevimli» telekanali rahbariyati, shuningdek, Kinematografiya agentligi rahbariyati va boshqa tashkilotlar faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani, davlat xaridlari, shuningdek, subsidiyalar ajratishda ehtimoliy qonun buzilish holatlari to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirda agentlik mas’ul xodimlari tomonidan keltirilgan barcha holatlar bo‘yicha o‘rganish va surishtiruvlar olib borilmoqda.
«O‘rganish yakunlari bo‘yicha OAVga qo‘shimcha axborot beriladi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda «Sevimli» telekanalida efirga uzatilayotgan «Sabriya» serialidagi axloqsiz sahna aks etgan kadr tarqalgani, AOKA holat nazoratga olinib, tekshiruv ishlari boshlanganini ma’lum qilgandi. Keyinroq O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov («Sevimli» telekanali rahbari Amira Rashidovaning otasi) xususiy telekanallarda efirga uzatilayotgan milliy seriallar bo‘yicha izoh berdi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva ushbu serialini tanqid qilib, badiiy kengashlar va mutasaddi tashkilotlarni bu kabi kontentga qonun va etika nuqtai nazaridan xulosa berishga chaqirdi. Amira Rashidova esa kanalda uzatilgan behayo sahna yuzasidan munosabat bildirib, serial namoyishidan avval 16+ markirovkasini bergani, qolaversa, «axloqsiz» degan ayblovni qo‘yishdan oldin kesib olingan kadrning yakunini tushunish uchun filmning yana 3 daqiqasini ko‘rish yetarli ekanini bildirgandi.
Keyinroq O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov («Sevimli» telekanali rahbari Amira Rashidovaning otasi) xususiy telekanallarda efirga uzatilayotgan milliy seriallar bo‘yicha izoh berdi. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Abduxoliqovning izohiga munosabat bildirib, bu kabi masalalarni «uyda kelishib olish» kerakligini kinoya qildi.
«Firdavs Abduxoliqov ‘Sevimli’ kanalida efirga uzatilgan ‘Sabriya’ seriali haqiqatan ham badiiy va mazmunan sayoz, telekanal ta’sischilari va ijodiy jamoasi buni, albatta, inobatga olib, zarur tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘rishi darkor deb, munosabat bildiribdi.Shu masalani uyda kelishib olsangiz bo‘lmaydimi? ‘Qalampir.uz’ning yozishicha, ‘Sevimli’ kanali qizingiz va o‘g‘lingizga ham tegishli, seriallarning davlat mablag‘lari evaziga asosiy buyurtmachisi esa o‘zingiz, kinolar sifatiga ham asosiy mas’ul o‘zingiz bo‘lsangiz», – deydi Komil Allamjonov.
Kinematografiya agentligi axborot xizmati rahbari Nozim Safarovning «Daryo»ga izoh berishicha, so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan «Sabriya», «Daydi qizning daftari» va boshqa seriallar Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinmagan. Ushbu seriallar xususiy studiyalar tomonidan suratga olingan.
«Agentlik badiiy kengashi davlat buyurtmasiga binoan suratga olingan filmlarni hamda kinoteatrlarda namoyish uchun ruxsat so‘rab murojaat qilgan mahsulotlarnigina ko‘rib chiqish vakolatiga ega. Yuqoridagi aytilgan seriallarni Kinematografiya agentligiga aloqasi yo‘q», – deydi Safarov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi