Majburiy ijro byurosi Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi ish yurituviga Qo‘ng‘irot tumanlararo iqtisodiy sudining 18.10.2021 yildagi qarzdor “K” nomli xususiy korxonasidan undiruvchi “NURIDDIN SAVDO” MCHJ foydasiga jami 118 000 030 so‘m qarzdorlik undirish haqidagi ijro hujjati 22.10.2021 yilda kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan qarzdor korxonaga ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlikni bartaraf etish uchun 10 kungacha bo‘lgan ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, ixtiyoriy muddat ichida qarz to‘lanmaganligi sababli, Qonunning 771-moddasiga asosan ijro yig‘im undirish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorning bank xisob raqamlariga inkassa topshiriqnomasi qo‘yilib band solingan.
Natijada, qarzdor korxonaning bank xisob raqamiga qo‘yilgan inkassa topshiriqnomaga asosan jami 118 mln. 000,0 ming so‘m qarzdorlik va ijro yig‘imi to‘liq undirilib, undiruvchi “NURIDDIN SAVDO” MCHJ xisob raqamiga 10.12.2021 yil kuni o‘tkazib berilishi ta’minlandi hamda ijro ishi yurituvi Qonunning 41-moddasiga asosan amalda undirilganligi sababli tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi