Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 yanvar kuni Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.
Ulardan biri Yunusobod tumani, Shahrisabz va Amir Temur shoh ko‘chalari kesishmasi yonida qurilayotgan Tashkent Central Park majmuasidir. Ushbu investitsiya loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 dekabrdagi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Majmua uchta 15 qavatli binodan tashkil topadi. Ularda besh yulduzli mehmonxona, biznes ofislar, konferensiya zali, savdo shoxobchalari, restoranlar bo‘ladi. Atrofda landshaft dizaynli bog‘, yer ostida ikki qavatli avtoturargoh barpo etiladi.
Bugungi kunda binolarning asosi tiklangan. Majmua 2023 yilda qurib bitkazilishi mo‘ljallangan. Davlat rahbari qurilish ishlarini jadallashtirish, kelgusida xizmat turlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Prezident Olmazor ko‘chasida barpo etilayotgan Tashkent city mall majmuasini ham borib ko‘rdi. Bu yerda 29 qavatli mehmonxona, 30 qavatli biznes markazi, 4 qavatli savdo-ko‘ngilochar shoxobchalar binosi bo‘ladi. Ularning qurilishi jadal davom etmoqda va 2023 yilgacha ishga tushirilishi kutilmoqda.
Shu yerda qurilish tashabbuskorlari va investorlar bilan qisqa muloqot bo‘ldi. Majmua mintaqamizdagi eng yirik savdo markazlaridan biri bo‘lishi, unda va turdosh sohalarda 10 mingta yangi ish o‘rni yaratish mumkinligi, yaratilgan imkoniyatlar kichik va o‘rta biznes rivojiga kuchli sur’at bag‘ishlashi ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi