Yangi «Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks» loyihasida «Fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishi» bo‘yicha belgilangan jazo olib tashlanmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.
Amaldagi kodeksga ko‘ra, bunday huquqbuzarlik uchun BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq belgilangandi.
«Yaqinda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonundan fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘ymaslik talabi bekor qilingandi. Shunga asosan, yangi kodeksdan javobgarlik ham olib tashlanmoqda. Va nihoyat yana bir mantiqsiz va ko‘pchilikka noqulaylik keltirgan jazo yo‘qolayapti», deb yozadi deputat. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi