
«Menimcha» teleloyihasining navbatdagi sonida Toshkentda tramvaylar faoliyatini tiklash taklif qilindi.
«Transport faoliyatini takomillashtirish maqsadida Toshkentga tramvaylarni qaytarish kerak, menimcha. Katta va gavjum shaharga tramvay juda asqatadi. Hammamizning esimizda-ku o‘sha qulay, bejirim, bir tekis yuradigan, eng muhimi ekologiyaga umuman zarar yetkazmaydigan qadrdon tramvaylar. Bu mening fikrim, albatta. Agar Toshkent mutasaddilarining o‘rnida bo‘lganimda, ana shu tashabbus bilan chiqardim», — muallif deydi Xayrulla Nuriddinov.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 19 yanvar kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar