«‘Ichki ishlar organlari to‘g‘risida’gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun muhokamaga qo‘yildi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari har chorakda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida, ularning o‘rinbosarlari – jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi to‘g‘risida har chorakda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Bundan tashqari, Mahalla huquq-tartibot maskani mahalla va qishloqlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiradigan, shuningdek, fuqarolarning xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining mahallalar kesimida birgalikda ishlashini tashkil etadigan ichki ishlar organlarining eng quyi bo‘g‘inidagi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Maskanlar o‘z faoliyatini:
- profilaktika katta inspektori, profilaktika inspektori, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi (har kunlik asosida);
- hududda xizmat qilish uchun biriktirilgan tuman (shahar) ichki ishlar organining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori, probatsiya bo‘linmasi inspektori, tezkor vakil, patrul-post xizmati xodimlari;
- hududda jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasiga ko‘maklashish uchun yuborilgan Milliy gvardiya bo‘linmasi, boshqa vakolatli davlat organlarining xodimlari va jamoat tuzilmalarining vakillari tarkibida amalga oshiradi.
Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar ushbu qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlashi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas