20:21 / 24.01.2022
1 325

Farg‘onada yo‘lto‘sarlar ushlandi

Farg‘onada yo‘lto‘sarlar ushlandi
2022 yil 21 yanvar kuni soat 15:00 larda Farg‘ona shahar Ismoilov ko‘chasida yashovchi 24 yoshli Z.S. shahar IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

U arizasida shu kuni o‘ziga tegishli bo‘lgan «Matiz» rusumli avtomashinasida Toshloq tumani Zarkent mahallasi hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida o‘zi bilan bir yo‘nalishda orqasidan harakatlanib kelayotgan qora rangli «Spark» rusumli avtomashina uning yo‘lini to‘sib to‘xtatib, avtomashina ichidan ikki nafar noma’lum shaxslar tushib, ulardan biri uning chap quloq sohasiga urib, yonida bo‘lgan narxi 500.000 so‘mlik «Redmi-4» rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan noma’lum tomonga yashiringanliklarini ma’lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Toshloq tuman tibbiyot birlashmasining bergan ma’lumotnomasiga ko‘ra, Z.S.da «chap quloq sohasi shilingan jarohati, chap yuz sohasi lat yeyishi» kabi tan jarohatlari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 17 yoshli Q.M. va 22 yoshli D.M.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan «Redmi-4» rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada yo‘lto‘sarlar ushlandi