26 yanvar, soat 02:30 holatiga ko‘ra O‘zbekistonning yettita hududida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklangan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrining 100 foiz hududi elektr bilan qamrab olingan.
Qolgan 7 ta viloyatda esa elektr ta’minotiga ulanish ko‘rsatkichi quyidagicha:
1. Andijon viloyati — Andijon shahar 30 foiz, Xonobod 100 foiz, Qo‘rg‘ontepa 10 foiz mavjud, asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;
2. Buxoro viloyati — Qorako‘l, Qorovulbozor, Olot va Peshku tumanida 100 foiz, Buxoro shahar va tumani 100 foiz, Vobkent tumani 20 foiz, Romitan tumani 100 foiz, Jondor tumani 100 foiz, Kogon tumani 100 foiz elektr ta’minoti mavjud;
3. Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahar 5 foiz, G‘uzor tumani 70 foiz ulangan. Muborak tumanidagi gaz konlariga va asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;
4. Namangan viloyati — Barcha tuman va shaharlarda 60 foiz elektr ta’minoti mavjud;
5. Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100 foiz, Termiz shahri 100 foiz, Termiz tuman 70 foiz, Angor tumani 5 foiz, Muzrobod tumani 5 foiz, Jarqo‘rg‘on tumani 5 foiz, Qiziriq tumani 5 foiz, Sho‘rchi tumani 10 foiz, Sherobod tumani 5 foiz, Oltinsoy tumani 70 foiz elektr energiyasi mavjud;
6. Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 100 foiz, Yangiyer 100 foiz, Shirin shahri 100 foiz, Boyovut 60 foiz, Sayxunobod tumani 20 foiz, Guliston tumani 19 foiz, Mirzaobod tumani 100 foiz, Xovos tumani 100 foiz, Oqoltin tumani 100 foiz, Sardoba tumani 100 foiz elektr energiyasi mavjud;
7. Toshkent viloyati — Angren shahar 95 foiz, Bekobod shahar 100 foiz, Nurafshon shahar 40 foiz, Olmaliq shahar 100 foiz, Chirchiq 80 foiz, Ohangaron shahar 100 foiz, Bo‘ka tumani 40 foiz, Bo‘stonliq tumani 80 foiz, Zangiota tumani 25 foiz, Qibray tumani 95 foiz, Ohangaron tumani 80 foiz, Parkent tumani 80 foiz, Toshkent tumani 80 foiz, O‘rta Chirchiq 20 foiz, Yuqori Chirchiq tumani 60 foiz, Yangiyo‘l tuman 5 foiz elektr ta’minotiga ulangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas