
Farzandni kamolga yetkazish, to‘g‘ri tarbiya berish, har tomonlama barkamol qilish har bir ota-onaning vazifasi va burchidir.
Ammo jamiyatimizda bu vazifa va burchga bepisant va e’tiborsiz bo‘lgan ota-onalar ham uchrab turadi.
Ma’suliyat va burchni yanada oshirish maqsadida Majburiy ijro byurosi Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan ajrashgan oilalarni tiklash, voyaga yetmagan farzandlarning barkamol tarbiya topishi, ajrashgan oilalar sonining kamaytirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor S.Yu.dan undiruvchi S.D.ning foydasiga, qarzdor Q.T.dan undiruvchi D.M.ning foydasiga, qarzdor M.Yu.dan undiruvchi I.A.ning foydasiga, qarzdor Sh.I.dan undiruvchi R.R.ning foydasiga hamda qarzdor D.T.dan undiruvchi I.Dlarning foydasiga aliment undirish belgilangan.
Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan mazkur oilalarning butligini saqlab qolish maqsadida, taraflar bilan tushuntirish ishlari olib borib, mazkur oilalarning yarashtirilishiga erishildi.
Farzand TarbiyasiOta OnaMajburiy IjroBog‘ot TumaniJamiyat Mas'uliyatiAjrashgan Oilalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar