1 532
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda elektr ta’minotidagi katta uzilishlarning sabablari haqida
2022 yil 25 yanvar kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda elektr ta’minotida katta miqyosdagi uzilishlar sodir bo‘ldi. Ayni vaqtda uchala davlat ham hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganmoqda. «Vzglyad.ru»ning yozishicha, taxminlardan biriga ko‘ra blekautda kriptovalyuta maynerlari aybdor bo‘lishi mumkin. Quyida shu va boshqa taxminlar o‘rganib chiqilgan.
Qozog‘iston blekautda O‘zbekiston va Qirg‘iziston energetiklarini ayblagan.
«2022 yil 25 yanvarda Nur-Sulton vaqti bilan soat 11:59 da Markaziy Osiyo energiya tizimida (O‘zbekiston, Qirg‘iziston) yuzaga kelgan avariyaviy vaziyat tufayli «Shimol–Sharq–Qozog‘iston janubi» 500 kilovattli elektr energiyasi tranzitida yuklama ortib ketdi», – deya xabar bergan Qozog‘istonda elektr tarmoqlariga mas’ul operator KEGOC.
Oqibatda «Shimol–Sharq–Qozog‘iston janubi» tranzitida ham avariyaviy holat kuzatilgan. Yagona energetik halqaga birlashgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda elektr ta’minoti o‘chgan.
O‘z navbatida O‘zbekiston Energetika vazirligi «svet»ning ommaviy o‘chishida Qozog‘istonni aybladi va hodisaning kelib chiqishiga u yerdagi elektr tarmoqlaridagi avariya sababchi ekanini ma’lum qildi.
Aslida nima bo‘lgan? Avvalo Sobiq ittifoq davrida Markaziy Osiyo yagona birlashgan energiya tizimi bo‘lganini tushunib olish zarur. Avval bu tizimga Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istonning janubiy qismi kirgan. Qozog‘iston shimoli Rossiya SSR energiya tizimida bo‘lgan va Ural hamda Sibir Rossiya energotizimlari bilan sinxron ravishda ishlagan. Qozog‘iston shimoli va janubida elektr energiyasi masalalari 1991 yilda mamlakat mustaqillikka erishganidan keyin muammoga aylangan. «Shimol—Janub» liniyasini qurishga to‘g‘ri keldi va u ikkiga bo‘lingan mamlakat energiya tizimlarini birlashtirdi. Mamlakat shimolida uch asosiy generator quvvat – uch gidrolelektrostansiya joylashgan.
SSSR parchalanganidan keyin Toshkentda yagona dispetcherlik markaziga ega Markaziy Osiyo energiya tizimi ham yo‘q bo‘ldi. Ammo 2018 yildan keyin Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston ixcham birlashgan energiya tizimiga qaytishga qaror qildi. Energiya halqasi uchun infratuzilma hanuzgacha saqlanib turgandi. Birlashgan energiya tizimlari iqtisodiy nuqtai nazardan barcha tomonlarga foyda keltiradi, bir mamlakatlardagi uzilishlar boshqa tomonning profitsitlari hisobiga qoplanadi.
Bu kabi energetik birlashuvlar talay topiladi. Yevropa ittifoqida ham shunday energiya tizimi mavjud — Sovet ittifoqi davridan beri BRЕLL, ya’ni Belarus, Rossiya, Estoniya, Litva hamda Latviya tizimi va jahonda yana boshqa elektr tizimi birlashmalari bor.
Bunda odatiy vaziyatda uch mamlakatning yagona boshqaruv markazi bo‘lganida hodisani prognoz qilish osonroq kechardi, deydi «Vzglyad.ru» eksperti. Uning so‘zlariga ko‘ra, shunday qilinganda avariya sodir bo‘lgan taqdirda ham uning ta’siri muayyan elektr liniyasidagi kam sonli iste’molchilarga sezilardi, boshqa energetik liniyalarning o‘chishi, katta elektr tanqisligining oldi olinardi.
Ekspertning tushuntirishicha, agar bir mamlakatning elektr energiyasida talab oshib ketsa, tizimda kuchli yuklama va avariyalarning oldini olish uchun davlat o‘z rezervlaridan foydalanishi kerak (O‘zbekistonda ular mavjud va shunday qilingan). Zaxira muqobil manbalari bo‘lmagan taqdirda (Qirg‘izistonda shunda bo‘lishi mumkin), iste’molchilarning muayyan qismi uchun elektr ta’minotini vaqtincha o‘chirish lozim.
Yana bir muhim masala – nima uchun O‘zbekiston va Qirg‘izistonda elektr energiyasi iste’molining bu qadar pastlab ketgani? Taxminlardan birida elektr ta’minotidagi katta uzilish yuz berishiga maynerlar sababchi ekani aytilgan. Tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda katta avariya sodir bo‘lishi mumkinligi haqida axborotlar bo‘lgan, biroq hukumat ushbu muammolar haqida tegishli tomonlar (O‘zbekiston va Qirg‘izistonni) ogohlantirmagan.
«Ushbu taxminga ko‘ra, Qozog‘istonda energetika infratuzilmasini rivojlantirish va bugungi kundagi standartlarga moslashtirish uchun yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Xitoyda mayning fermalari faoliyati taqiqlanganidan keyin maynerlar Qozog‘istonga kirib kelgan, elektr energiyasiga talab oshgan, tarmoq esa sifat talablariga javob bermagan», – deydi Rossiya milliy energetika xavfsizligi fondi va Moliya universiteti eksperti Stanislav Mitraxovich.
Avariyadan keyin Qozog‘istonning KEGOC operatori kriptovalyutalar mayningi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning elektr tarmoqlarini o‘chirishga qaror qildi. KEGOC kompaniyalarga o‘chirilish yuz berishi haqida ogohlantirish xatlari ham chiqargan. Operator ularni avariyada ayblamagan, lekin ushbu qarorni energetikadagi vaziyat og‘irlashgani bilan izohlagan.
KEGOC operatori kriptovalyutalar mayningi bilan shug‘ullanadigan kompaniyalarga chiqargan ogohlantirish xatining ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan nusxasi
«Menimcha mayning iste’molning oshishiga olib keladi, lekin elektr energiyasi ta’minotida keskin sakrashlar kuzatilmaydi. Mayning qurilmalari doimiy ravishda ishlab turadi va iste’moldagi bu kabi keskin kuchlanishlar unga ham og‘irlik qiladi», – deya izoh bergan «Vzglyad.ru» eksperti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi keskin sakrashlar aholining elektr iste’moli va ba’zida xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari faoliyatida yuz beradi.
«Markaziy Osiyo uchun ancha ommaviylashgan voqea. Chunki mintaqada elektr energiyasi aholi uchun ancha arzon, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda elektr tokidan xonadonlarni isitishda ham foydalaniladi. Shu sababli ehtimol havo haroratining pasayishi yoki yana boshqa bir nechta faktorlar, ishlab chiqarish va transport sohasida ham talab ortgan bir vaqtda turar joy sektorida elektr energiyasi iste’molining ortishiga olib kelgan. Toshkent shahri va Farg‘ona vodiysi kabi aholi soni ko‘p hududlarda ham elektrning o‘chgani ushbu taxmin haqiqatga yaqinroq ekanligini anglatadi», – deydi nashr suhbatdoshi.
Blekaut yuz bergan kuni tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Markaziy Osiyoda elektr ta’minoti Texasda sodir bo‘lgan blekautdan farqli ravishda juda tez tiklangan. AQSHda o‘tgan yili qishda kuzatilgan sovuq ob-havo, qor bo‘ronlari tufayli aholi uch kunga elektr ta’minotidan uzilib qolgandi. Ha odamlar elektr toki o‘chganidan keyin talafot ko‘rishi mumkin, kimdir liftda yoki metroda qolib ketadi. Lekin bunday blekautdan yetadigan iqtisodiy zarar uncha katta bo‘lmaydi. Bunga sabab iqtisodiy faollikning, elektr energiyasi o‘chgan paytda ishlab chiqarishning to‘xtaganida. Kondratsev iqtisodiy zararni bir necha o‘n million dollarga baholamoqda, ekspertning fikricha bu Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun u qadar katta va qo‘rqinchli emas.
Markaziy Osiyodagi blekaut 40 milliondan ziyod aholiga ta’sir ko‘rsatdi
«Yuksalish» umummilliy harakati energetika tarixida yuz bergan yirik blekautlar haqidagi infografikani e’lon qilgan. 25 yanvar kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida, Qirg‘iziston va Qozog‘istonning alohida viloyatlarida Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog‘ida yirik avariya yuz berishi natijasida bir necha soat mobaynida elektr ta’minotida uzilish holati kuzatildi. Hodisa uch mamlakatning 40 milliondan ziyod aholisiga ta’sir ko‘rsatdi. Haligacha strategik ob’ektlar, ijtimoiy muassasalar va aholiga elektr energiyasi yetkazib berish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Infografika: «Yuksalish» umummilliy harakati “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas