Videodan kadr
«Milliy» telekanalining «Millar» dasturi xodimlari noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklandi. Bu haqda telekanal efirida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, dastur jamoasi 24 yanvar kuni Chilonzor tumani Bunyod ko‘chasida joylashgan omborxonada yuz bergan yong‘in tafsilotilarini suratga olish uchun borishgan.
Toshkent shahar FVV axborot xizmati rahbari o‘sha yerda faoliyat olib borayotgan guruh rahbaridan ruxsat olib, suratga olishingiz mumkin, deya javob bergan. Guruh rahbari jurnalistlarga FVV xodimlari qanday faoliyat olib borayotganliklarini «aynan ichkariga kirib» suratga olishga ruxsat bergan.
Jurnalistlar FVV, IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari nazorati ostida suratga olishga kirishgan.
«Birdaniga noma’lum shaxslar tasvirchiga tashlanib, urib ketishdi. 5-6 kishi edi. Tasvirchining hamma joyi qon bo‘lib ketgandi. Labi yirtilgan edi. O‘zim ko‘rib «shok»ka tushib qoldim. Mikrofonimni olib, zo‘rg‘a tashqariga chiqishga ulgurdim», — deydi dastur muxbiri Olimjon Hasanboyev.
Ma’lum qilinishicha, kaltaklangan tasvirchining «yordam bering, o‘zim bu yerdan ketolmayman», degan chaqiruvidan keyin milliy gvardiya xodimlari tasvirchini tashqariga olib chiqishgan. Biroq bezorilar qo‘lidan telekanal kamerasi va mikrafonini olishning imkoni bo‘lmagan.
Kaltaklangan xodimlar darhol 16-sonli shifoxonaga yetkazilgan. Ularning kaltaklanganliklari haqida shifokorlarning tibbiy xulosasi mavjud. Biroq hanuzgacha telekanal kamerasi qaytarilmagani va bezorilarga chora ko‘rilmagani aytiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi