Foto: Navoiy IIB
Navoiy shahrida ikkita qizni Dubayga fohishalik uchun yuborayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 13 yanvar kuni Navoiy shahar Abdulla Avloniy ko‘chasida yashovchi X.N. viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra, Konimex tumani «Guliston» MFYda ro‘yxatda turib, ayni paytda Dubay shahrida yashovchi Sh.N. Telegram orqali yosh qizlar bilan aloqa o‘rnatib, aldab, mamlakatdan fohishalik qilish uchun olib ketishni maqsad qilgan.
Xususan, 20 yoshli xatirchilik O.B. hamda 22 yoshli karmanalik X.N.ning barcha xarajatlari qoplanishi hamda aviachipta pullari to‘lab berilishi va’da qilingan.
Qizlar Sh.N.ning sherigi G.Sh. orqali Dubayga olib chiqib ketilayotgan vaqtda viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda DXX xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!