1 312
Namanganda xo‘roz urishtirish o‘yinlarini tashkil qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Namangan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Pop tumanida xo‘roz urishtirish o‘yinlarini tashkil qilgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar beradi Tergov departamenti.
Ma’lum qilinishicha, 25 yanvar kuni o‘tkazilgan tadbir davomida 54 yoshli M.S. tumanning Mingak ko‘chasida joylashgan o‘ziga tegishli dala yer maydonini 41 yoshli M.U. bilan birgalikda qimorxona tashkil qilish maqsadida uning atrofini polietilen paket bilan o‘rgani aniqlangan.
Ular maxsus tayyorlangan joyda qonunga xilof ravishda qimor va tavakkalchilikka asoslangan xo‘roz urishtirish o‘yinini tashkil etib kelgan va o‘yinda ishtirok etish va tomosha qilish uchun kelgan fuqarolardan 25 ming so‘m pul olgan. Tadbir ishtirokchilari tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, unda 8 dona xo‘roz, 176 dona kirish chiptalari va 3 million so‘m pul ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.S. hamda M.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-modda 1-qismi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.
Ushbu holat yuzasidan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning yanvarida Samarqand viloyati Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat IIB tezkor xizmat xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida Oqdaryo tumanidagi «Mahalla» qishlog‘idagi 14 sotix yer maydonining 3,5 sotixida xo‘rozlar jangi uchun arena faoliyatiga chek qo‘yilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!