Foto: «Dunyo» agentligi
30 yanvar kuni O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni munosabati bilan uning Rossiya poytaxtidagi haykali poyiga gulchambar qo‘yildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» agentligi.
Marosimda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov, diplomatik missiya xodimlari hamda «Aziya-invest bank» vakillari ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, Moskvada Islom Karimov hotirasiga atalgan haykal 2018 yil, 18 oktabr kuni ochilgan. Yodgorlik O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasidan uncha uzoq bo‘lmagan Islom Karimov nomidagi maydonga o‘rnatilgan.
Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ygani, Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi viloyat faollari Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara-majmuasida yig‘ilib, uning qabrini ziyorat qilgani, Qashqadaryoda ham viloyat hokimi boshchiligidagi mas’ullar Islom Karimov xotirasini yod etgani haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!